• Menu

  • Shop

  • Languages

  • Accessibility
Visiting Info
Opening Hours:

Sunday to Thursday: ‬09:00-17:00

Fridays and Holiday eves: ‬09:00-14:00

Yad Vashem is closed on Saturdays and all Jewish Holidays.

Entrance to the Holocaust History Museum is not permitted for children under the age of 10. Babies in strollers or carriers will not be permitted to enter.

Drive to Yad Vashem:
For more Visiting Information

O‘rta sinf o‘quvchilari uchun

Olam Solih Insonlari

Olam solihlari Ikkinchi jahon urushi va Xolokostning mash’um kunlarida yashagan yaxshi odamlardir. Ularning xatti-harakatlari yahudiylar hamma joyda quvg‘inga uchragan va deyarli hech qayerda va hech kimdan himoya ko‘rmagan davrning umumiy sharoitida ajralib turadi. O‘sha paytdagi Yevropa mamlakatlarini shartli ravishda to‘rtta asosiy guruhga bo‘lish mumkin:

  • Germaniyaning turli darajadagi ittifoqchilari bo‘lgan mamlakatlar - (masalan, Vengriya, Italiya, Vishi Frantsiyasi)
  • Istilo qilingan mamlakatlar (masalan, Polsha, Belgiya, Gollandiya)
  • Betaraf mamlakatlar (masalan, Shveytsariya va Shvetsiya)
  • Germaniya bilan urushgan mamlakatlar (Sovet Ittifoqi va Buyuk Britaniya)

Bu, albatta, ma’lum darajada umumlashtirilgan bo‘lishdir, chunki hatto bosib olingan mamlakatlarda ham dushmanga qarshi kurash olib borgan yashirin guruhlar mavjud edi va shu bilan birga Sovet Ittifoqining ma’lum keng hududlarining ma’lum qismi ham istilo qilingan edi. Ammo u yoki bu mamlakat yahudiylarining taqdirida sezilarli farqlar yo‘q edi; shu ma’noda Germaniya Yevropada deyarli to‘liq hukmronlik qilayotgan edi. Sovet hududlari (muayyan davrlarda), shuningdek, Daniya va Bolgariya (bu ikki misolga keyinroq qaytamiz) bundan istisno edi.
Va Yevropa yahudiylariga qirilib ketish xavfi tahdid qilayotgan shunday bir sharoitda o‘zgacha yo‘l tutgan ayrim odamlar, ba’zan esa butun boshli guruhlar paydo bo‘la boshladi va ular o‘zlarini xavf-xatarga qo‘yib, ba’zan esa o‘z hayotlarini qurbon qilib bo‘lsa-da, yahudiylarni qutqarishga harakat qiladilar.
Bu yerda biz Solih insonlar bilan bog’liq voqealarni ularning xatti-harakatlaridan olishimiz mumkin bo‘lgan ma’naviy saboqlarga e’tibor qaratgan holda bir necha nuqtai nazardan ko‘rib chiqamiz. Biz keltirgan misollarni u yoki bu jihatdan pedagogik va tarbiyaviy ishlarning umumiy mazmuniga uyg‘unlashtirish mumkin. Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, ushbu mavzu o‘rta sinflar o‘quvchilari bilan ish olib borish uchun mos keladi va Xolokost va qahramonlikni xotirlash kuniga bag‘ishlangan tadbirlarga to‘g‘ri keltirish mumkin.

Kirish  

Kirish

Oskar Shindler  

Oskar Shindler

Raul Vallenberg  

Raul Vallenberg

Gollandiyadagi Vestervil guruhi  

Gollandiyadagi Vestervil guruhi

Oddiy ayolning tarixi: Polshalik Antonina Shibak  

Oddiy ayolning tarixi: Polshalik Antonina Shibak

Polshaning "Jegota" yashirin guruhi  

Polshaning "Jegota" yashirin guruhi

Xulosa  

Xulosa
Previous Next